Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shveytsariyaliklar kriptovaluta uchun hamyon o‘rnatilgan soat ishlab chiqaradi
Shveytsariyaning A. Favre & Fils soat ishlab chiqaruvchi kompaniyasi kriptovaluta hamyoni o‘rnatilgan soat modeli ustida ishlamoqda. Bu haqda CoinDesk portali xabar berdi.
Uch yuz yillik tarixga ega kompaniya o‘z mahsulotini 2019 yilning ikkinchi yarmida taqdim etishni rejalashtirgan. Narxi esa tayyorlangan xomashyosiga qarab 100 mingdan 150 ming frankkacha bo‘ladi (102 mingdan 153 ming dollargacha).
Ishlab chiqaruvchilar hamyondagi valuta blokcheyn asosidagi xavfsizlik tizimi yordamida ishonchli himoyalanishiga va'da berishmoqda.
Avvalroq Shveytsariyaning yana bir kompaniyasi Hublot kriptovalutaning 10 yilligiga bag‘ishlab Big Bang deb nomlangan soatlarini ishlab chiqargandi. Ularning narxi 25 ming dollar bo‘lib, faqatgina bitkoynga sotib olish mumkin.
Mavzuga oid
20:15 / 27.05.2025
Fransiyada kriptomillionerlarni o‘g‘irlash ishi bo‘yicha 20 dan ortiq shaxs hibsga olindi
14:10 / 26.05.2025
Shveytsariya G‘azoga yordam fondiga nisbatan tekshiruv boshladi
20:26 / 15.05.2025
Kriptofiribgarlar Telegram orqali 27 mlrd dollar pul yuvgani ma’lum bo‘ldi
01:40 / 15.05.2025