O‘zbekiston | 14:21 / 16.01.2019
68519
2 daqiqa o‘qiladi

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i tayinlandi

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i tayinlandi. Bu haqda Kun.uz axborot manbasi xabar bermoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, Dilshod Faxriyevich Rahimov Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i lavozimini egallagan. Shu munosabat bilan u Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i vazifasini bajaruvchi lavozimidan ozod etildi.

Dilshod Rahimov 1978 yilda tug‘ilgan, ma'lumoti oliy, huquqshunos. 2002 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2010 yilda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Departamentda boshlab, Departament organlarida turli lavozimlarda, 2012 yildan Bosh prokuratura bo‘lim prokurori, katta prokurori, boshqarma katta prokurori, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Avval O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan. O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 2 avgustdagi farmoniga asosan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlangandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i prezident tomonidan lavozimga tayinlanishi belgilangani xabar qilingandi.

Mavzuga oid