Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IJQKDning iqtisodiy jinoyatlarni tergov qilish sohasidagi vakolatlari aniqlashtiriladi
Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi tomonidan “Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan ishchi guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi.
Ikkinchi o‘qishga tayyorlanayotgan mazkur qonun loyihasi bilan Jinoyat-protsessual, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi hamda Budjet kodekslariga Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining iqtisodiy jinoyatlarni tergov qilish, davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirish sohasidagi vakolatlari aniqlashtirilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Yig‘ilishda qonun loyihasi atroflicha ko‘rib chiqilib, deputatlar tomonidan berilgan bir qator takliflar chuqur tahlil qilindi. Ular asosida loyihadagi normalar maromiga yetkazildi.
Ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi jinoyatlarni tergov qilish va budjet qonunchiligi sohasida davlat organlarining vakolatlarini qonun hujjati bilan mustahkamlashga, qonun normalarini aniq va bir xilda qo‘llanilishiga hamda sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlashga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
22:09 / 23.04.2025
Olmaliqda shirinlikni yeb qo‘ygan bolasining qo‘lini kuydirgan ona 2 yilga qamaldi
17:21 / 05.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
08:38 / 05.04.2025
Jinoyat sodir etib, qochib yurgan o‘zbekistonlik Rossiyada ushlandi
09:16 / 20.03.2025