Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamshid Iskanderov: «Paxtakor»da o‘zimni ko‘rsatish uchun imkoniyat berishmadi»
«Lokomotiv» yarimhimoyachisi Jamshid Iskanderov Dubayda o‘tkazilgan Moskvaning «Spartak» (2:5) klubiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinidan so‘ng, Kun.uz muxbirining savollariga javob berdi.
O‘yindagi gollardan biriga mualliflik qilgan futbolchi yaqinda «Paxtakor»ni tark etib, «temiryo‘lchilar» safiga qo‘shilgan edi.
«Mavsumga tayyorgarlik yaxshi kechyapti. Sport formamizni sekin asta tiklab bormoqdamiz. «Paxtakor» klubi bilan shartnomam tugagani sababli erkin agent sifatida «Lokomotiv» safiga qo‘shildim. Chempion jamoada o‘z iqtidorimni sinab ko‘rishni maqsad qildim.
Albatta, «Paxtakor» muxlislari mening bu qarorimdan xafa bo‘lishlari mumkin, lekin klub rahbariyati menga ishonch bildirmadi, o‘zimni ko‘rsatishga imkoniyat deyarli taqdim etilmadi.
«Lokomotiv» ham o‘z oldiga doimo katta maqsadlarni qo‘yib keladigan professional jamoa, bu yerda yaxshi o‘yinchilar to‘plangan. Ularning ko‘pchiligi bilan azaldan tanishman, maydonga birga harakat qilganmiz.
Terma jamoaning Osiyo kubogidagi ishtiroki? Turmanistonga qarshi o‘tgan o‘yinni stadionda jamoamiz bilan kuzatdik. Yigitlar juda yaxshi harakat qilishdi. Raqibdan har tomonlama ustunligini namoyish qilishdi. Yaxshi tayyorgarlik ketayotgani ko‘rinib turibdi. O‘ylaymanki, keyingi o‘yinlarda ham ularga muvaffaqiyat yor bo‘ladi» - dedi Iskanderov.
Mavzuga oid
14:08 / 14.04.2025
«Paxtakor» yana yutqazdi, peshqadam yana o‘zgardi
13:44 / 30.03.2025
«Paxtakor» Toshkentda «Dinamo»ga yutqazdi, OKMK yaqqol peshqadam
03:09 / 12.03.2025
«Paxtakor» «Al Hilol»ga yirik hisobda yutqazib, Elit OChLni tark etdi
23:19 / 04.03.2025