O‘zbekiston | 13:42 / 17.01.2019
27345
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda g‘o‘zaning yangi navi yaratildi

Xorazm Ma'mun akademiyasining seleksioner olimlari tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida g‘o‘zaning yangi - «Niyat» navi yaratilgan. Bu haqda Intellektual mulk agentligi xabar berdi.

qayd etilishicha, ushbu nav tolasining texnologik ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta'minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qoshidagi «Agrosanoat majmuida xizmat ko‘rsatish markazi» unitar korxonasi laboratoriyasida tahlil qilingan.

Laboratoriyaga 2018 yilda yetishtirilgan paxta hosilidan tola namunalari yetkazib berildi. Paxta tolasi namunalari sifat ko‘rsatkichlari laboratoriyada HVI tizimi orqali sinovdan o‘tkazildi. 

Tahlillarning ko‘rsatishicha, ushbu yaratilgan yangi navlar tolasining sifati unga sanoat ishlab chiqarishi tomonidan qo‘yilgan talablarga javob beradi. Niyat g‘o‘za navini 2019 yilda Xorazm viloyatining ayrim tumanlarida sinov sharti bilan ekishga ruxsat berildi.

Intellektual mulk agentligi tomonidan Ma'mun akademiyasiga o‘simlik navi uchun patent berildi, ushbu nav mualliflari D. Akkujin, Sh. Qodirov, I. Abdullayev, F. Jumaniyozov, U.Abdurahimov, R. Masharipova, B. O‘rinovlardan iborat.

Mavzuga oid