Sport | 21:00 / 18.01.2019
9839
1 daqiqa o‘qiladi

«Chelsi» Azarni transferga qo‘yadi

«Chelsi» klubi yarimhimoyachi Eden Azar bo‘yicha yakuniy qarorga keldi.

Le 10 Sport xabariga ko‘ra, 28 yoshli belgiyalik yozda transferga qo‘yiladi va sotib yuboriladi. Sababi – futbolchining yangi shartnomani imzolashdan bosh tortishi.

Azarning «Chelsi» bilan imzolagan shartnomasi muddati 2020 yil yozigacha mo‘ljallangan. Futbolchini bepul qo‘ldan chiqarmaslik uchun, klub rahbariyati uni yozdayoq sotib yuborishga qaror qilgan.

Eslatib o‘tamiz, «Real» klubi Azarga asosiy da'vogar sifatida qaralmoqda. Joriy mavsumda u 21 ta o‘yin o‘tkazib, 10 ta gol urgan va shuncha golga hammualliflik qilgan.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid