Sport | 15:20 / 22.01.2019
6264
2 daqiqa o‘qiladi

«Kardiff»ning yangi futbolchisi chiqqan samolyot radarlardan yo‘qolib qoldi

Foto: Cardiff City FC/Getty Images

«Kardiff Siti»ning yangi futbolchisi Emiliano Sala Fransiyadan Uelsga parvoz chog‘ida g‘oyib bo‘ldi.

L’Equipe nashri xabariga ko‘ra, 21 yanvar kuni futbolchi «Nant»dagi sobiq jamoadoshlari bilan xayrlashgan va Uelsga yetib olish uchun xususiy samolyotga chiqqan. Ammo samolyot qo‘nishga taxminan bir soat borligida radarlardan yo‘qolgan. Samolyot aeroportga yetib kelmagach, uni qidirish uchun ikki vertolyot va bir necha qidiruv kemalari yo‘llangan. Ayni vaqtda Normand orollari yaqinida qidiruv ishlari davom etmoqda.

«Kardiff Siti» Salani qishki transferlar vaqtida o‘z tarixidagi rekord qiymatga - 20,5 mln yevroga xarid qilgandi. Argentinalik forvard yangi klubi bilan 2022 yil yozigacha shartnoma imzolagandi.

28 yoshli futbolchi Fransiya chempionatining joriy mavsumi birinchi davrasida 19 uchrashuvda maydonga tushib, 12 gol urgan va 2 golga uzatma bergandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid