Jamiyat | 15:30 / 23.01.2019
52056
1 daqiqa o‘qiladi

Qo‘yliqda shakar to‘la “KamAZ” “Jiguli” ustiga ag‘anadi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi gavjum yo‘llardan birida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi tasvirlangan video keng tarqalmoqda.

Video muallifining so‘zlariga qaraganda, Qo‘yliq bozori yaqinida shakar to‘la “KamAZ” yuk avtomobili “Jiguli” mashinasi ustiga ag‘anab ketgan. Katta ehtimol bilan “KamAZ” ortga qaytish maqsadida burilishda boshqaruvni yo‘qotgan va og‘ir yuk natijasida bir tarafga ag‘anagan. Lavhada shakar qoplari ko‘lmakda va asfaltda sochilib yotganini ko‘rish mumkin.

YTH natijasida jabrlanganlar yoki halok bo‘lganlar haqida ayni paytda rasmiy ma'lumot yo‘q.

Аброр Зоҳидов
Tayyorlagan Аброр Зоҳидов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid