Qo‘yliqdagi ovqat bozori faoliyati to‘xtatildi
Sanepidxizmat va ichki ishlar xodimlari bozorda reyd o‘tkazib, u yerdagi sanitar holat bir necha marta ogohlantirish berilganidan keyin ham yaxshilanmaganini qayd etdi. Obekt sanitar normalarga javob beradigan holatga keltirilmagunga qadar, bozor ishlamaydi.

Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi matbuot xizmati videosidan kadr
Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tuman bo‘limi, Toshkent shahar IIBB JTSB Karantin bo‘limi va tuman IIB birgalikda Qo‘yliq dehqon bozorida reyd o‘tkazdi. Bu haqda Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi xabar bermoqda.
Bozorda joylashgan ovqat sotish shoxobchasida sanitarita qoidalari qo‘pol ravishda buzilayotgani, bir necha marotaba ogohlantirishlar va targ‘ibot ishlari o‘tkazilishiga qaramasdan, obektda holat o‘zgarishsiz qolgani sababli “ovqat bozori”ning ish faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.
“Obektda sanitariya holati yaxshilanib, mutaxassislar tomonidan talabga javob berishi to‘g‘risida xulosa berilmagunga qadar, ovqat bozori ish faoliyatini davom ettirmaydi”, – deyiladi rasmiy axborotda.
Eslatib o‘tamiz, shu yil mart oyida Qo‘yliq ulgurji bozori faoliyati tugatilgan edi.
Mavzuga oid

21:51 / 11.04.2025
Toshkent shahrida 12-13 aprel kunlari keng ko‘lamli hashar o‘tkaziladi

22:19 / 10.04.2025
Toshkentdagi ayrim yo‘llar vaqtincha yopildi

21:18 / 10.04.2025
Toshkentda uy-joy nizosi ikki kishining o‘limi bilan tugadi

19:04 / 09.04.2025