Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda talonchilar qo‘lga olindi
Shu yil 19 yanvar kuni noma'lum shaxs Toshkent shahar Chilonzor tumanida shu tumanda yashovchi R.H.ning boshiga urib, qo‘lidagi ichida pullari, “iPad” mobil telefoni, plastik kartochkalari va fuqarolik pasporti bo‘lgan sumkasini tortib olib, voqea joyidan yashiringan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Chilonzor tumanida yashovchi R.D., Sergeli tumani Sputnik 9-dahada yashovchi J.G. va Sputnik 4-dahada yashovchi Ye.T.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar.
Tergov harakatlari davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda talonchilik qilgan haydovchi va uning hamtovog‘i qo‘lga olingandi.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025