Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda talonchilar ushlandi
Toshkent shahrida yashovchi, muqaddam sudlanganlar 24 yoshli D.E. va 28 yoshli Sh.B. 2019 yil 22 yanvar kuni Toshkent shahrining Mirobod tumani Ko‘rkamobod mahallasiga o‘zlarining boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinasida kelishgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, ular shu yerda qarovsiz qoldirilgan “Lasetti” rusumli avtomashinani kalit tanlash yo‘li bilan ochayotgan vaqtlarida avtomashina egasi Z.I. ko‘rib qolgan.
Shunday bo‘lsa-da, Z.I. yetib kelguniga qadar ular avtomashina salonidan 7 500 AQSh dollarini olib, voqea joyidan yashiringanlar. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ko‘rilgan choralar natijasida ikkala shaxs ham qo‘lga olingan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025