Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maduro amerikalik diplomatlar Venesuelani tark etganini ma'lum qildi
Amerikalik diplomatlarning oxirgi guruhi Karakasni 26 yanvarda tark etdi. Bu haqda Venesuela prezidenti Nikolas Maduro mamlakat yoshlari oldidagi nutqida aytib o‘tdi. U mamlakat tashqi ishlar vazirligiga 30 kun ichida AQSh bilan ikki davlatda mamlakatlar manfaatlarini bildiruvchi idoralar tashkil etilishi bo‘yicha muzokaralar boshlashga ko‘rsatma bergan.
Maduroning aytishicha, tashkil etilajak vakolatxonalar Kubada yil davomida faoliyat yuritgan va AQSh bilan diplomatik munosabatlarga ega bo‘lmagan idora kabi bo‘ladi.
Avvalroq Karakas va Vashington 30 kun davomida o‘zaro manfaatlarni bildiruvchi idoralar ochilishi bo‘yicha muzokaralar olib borishi ma'lum qilingandi. Bu vaqt ichida missiyalarning qolgan xodimlariga davlatlarda qolishga ruxsat beriladi va kelishilgan davr davomida ular diplomatik huquqlarga ega bo‘ladilar.
Agar 30 kun ichida kelishuvga erishilmasa, missiyalar o‘z faoliyatini to‘xtatadi, ikki davlat o‘z manfaatlarini bildirishni ishonib topshiradigan tashkilotlar nomlarini aytadi. Bu holda qolgan diplomatik xodimlar ikkinchi davlat hududini 72 soat ichida tark etishi kerak bo‘ladi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025