Jahon | 14:38 / 29.01.2019
39965
2 daqiqa o‘qiladi

Insoniyat uchun eng asosiy tahdid ma'lum qilindi

Foto: Getty Images

Xalqaro olimlar guruhining xulosasiga ko‘ra, insoniyat uchun eng asosiy tahdidlar bu - semizlik, to‘yib ovqatlanmaslik va iqlim o‘zgarishi. Shu bilan birga, bu muammolar bir-biri bilan bog‘liq va global sindemiyani shakllantiradi. Bu haqda Science Alert nashri xabar bermoqda.

Tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, semizlik va to‘yib ovqatlanmaslik bir xil sababga ega - oziq-ovqat tizimining kamchiligi hamda faqat iqtisodiy o‘sishga qaratilgan va sog‘liq uchun zararli oqibatlarni e'tiborsiz qoldiradigan siyosat.

Iqlim o‘zgarishiga ta'sir qiluvchi omillar orasida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi qishloq xo‘jaligi sanoati, transport, foydali qazilmalarni qazib olish va ekotizimlar uchun zararli oqibatlarga e'tibor qaratmaslik bor. Barcha uchta global muammoni birlashtirish ularni keltirib chiqaruvchi sabablar, jumladan, siyosiy «inersiya» bilan kurash usullarini ishlab chiqishga yordam beradi.

Bunday inersiya o‘zgarishlarga jamoatchilik talabining yo‘qligi, noto‘g‘ri siyosiy qarorlar, shuningdek, oziq-ovqat ishlab chiqarish bo‘yicha yirik korxonalar manfaatlarini ilgari surishdan kelib chiqadi. Tadqiqot mualliflari korporatsiyalar ta'sirini cheklovchi global bitim imzolanishini, shuningdek, siyosiy choralar talab qiladigan ijtimoiy harakatlarni qo‘llab-quvvatlash uchun fond tashkil etishni taklif qilishmoqda.

Mavzuga oid