Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda qashqadaryolik shaxs olib qochgan avtomashinasi bilan YTH sodir etdi
2018 yil 29 oktabr kuni noma'lum shaxs Toshkent viloyatining Zangiota tumanida yashovchi S.S.ning uyiga ochiq qolgan eshigi orqali kirib, uyi darvozaxonasida turgan “Cobalt” rusumli avtomashinasini haydab qochgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, so‘ng u avtomashinani Toshkent shahar Sergeli tumani O‘zgarish mahallasida boshqarib ketayotib, “Matiz” rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etib, o‘zi u yerdan qochib ketgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani Qizilsoy qishlog‘ida yashovchi J.B. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.
Tergov davom etmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025