Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda har 3,8 kunda yangi "milliardchi" dunyoga keladi
Xitoyda har 3,8 kunda 1 milliard dollar ko‘rsatkichga yetgan yangi startap paydo bo‘ladi. Bloomberg nashri Hurun mahalliy konsalting kompaniyasi ma'lumotlariga asoslanib, shu haqida xabar berdi.
2018 yilda Xitoyda 97 startap shunday maqom olgan, ularning umumiy bahosi 1,2 trillion yuan (178 milliard dollar)ni tashkil qiladi. Mamlakatda 1 milliard dollardan ortiq ko‘rsatkichni qayd etgan jami 186 kompaniya mavjud.
Ularning soni eng ko‘p internet-servislar orasida o‘sgan — bu yo‘nalishdagi 45 startap 1 milliard dollar ko‘rsatkichiga yetgan. Bundan tashqari, elektron kommersiya va moliyaviy texnologiyalar yo‘nalishidagi tashkilotlar ham bor.
Yangi "milliardchilar" ro‘yxatida 50 milliard yuan (7,4 milliard dollar) ko‘rsatkich bilan mayning jihozlari ishlab chiqaruvchisi hisoblangan Bitmain kompaniyasi yetakchilik qildi.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025