Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Vikipediya»da bir muharrir uch million maqolani tahrir qilgani aniqlandi
«Vikipediya»ning ingliz tilidagi talqinida olti millionga yaqin maqolalar joylashtirilgan va ularning uchdan bir qismi tahriri 35 yoshli amerikalik Stiven Pryuittga tegishli.
Stiven tahrirlardan tashqari 35 mingga yaqin maqolaning ham muallifi hisoblanadi. CBS kanalining Reddit tarmog‘ida e'lon qilingan materialiga qadar Pryuitt haqida hech kim bilmagan.
Amerikalik ko‘ngilli har kunining uch soatini «Vikipediya»dagi tahrirlarga ajratadi. U o‘zi tug‘ilib-o‘sgan Virginiya shtatida ota-onasi bilan yashaydi. Pryuittning asosiy ishi ham ma'lumotlarni saralash bilan bog‘liq: u AQSh Bojxona va chegara nazorati xizmatining arxiv va qaydlari bilan shug‘ullanadi.
Stiven «Vikipediya»da 2006 yildan buyon tekinga yozadi va tahrir qiladi. Maqola muharrirlari orasida yaqqol yetakchi Pryuitt va ikkinchi o‘rindagi muharrir o‘rtasida 900 ming tahrir tafovuti bor. Pryuittning so‘zlariga ko‘ra, uning onasi sobiq ittifoqda o‘sgan, sotsialistik tuzumdagi axborot erkinligiga cheklov ochiq ma'lumotning qadr-qimmatini oshirgan.
Time jurnali Stiven Pryuittni internetdagi eng ahamiyatli insonlar safiga qo‘shgan. Reddit’da u haqda e'lon qilingan xabardan so‘ng, foydalanuvchilar o‘z izohlarida Pryuittni tashabbuskorlik uchun olqishlagan. Ko‘pchilik unga uyga vazifalar, imtihonlarga tayyorgarlik ko‘rishda katta ko‘mak berganligi uchun minnatdorlik bildirdi.
Ma'lumot uchun, «Vikipediya» ko‘p tildagi internet-ensiklopediyasiga 2001 yilning 15 yanvarida Jimmi Ueyls va Larri Sengerlar tomonidan asos solingan. Platforma 301 tildagi maqola va sahifalarni o‘z ichiga oladi.
O‘zbek tilidagi «Vikipediya» 2003 yilning 13 dekabrida ish boshlagan. Hozirda Viki-maqolalar soni bo‘yicha 53 o‘rinda turgan o‘zbek tilidagi «Vikipediya»da 130 414 maqola va 2 milliondan ziyod tahrir mavjud.
Mavzuga oid
11:36 / 01.03.2023
Rossiya sudi «Vikipediya»ni «noto‘g‘ri ma’lumot» uchun jarimaga tortdi
08:42 / 02.11.2022
«Vikipediya» urush haqidagi maqolalar uchun 2 million rubl jarimaga tortildi
23:04 / 30.06.2022
«Vikipediyada 100 nafar o‘zbek alloma va mutafakkirlari haqida ma’lumotlar bazasi yaratiladi» – prezident
20:41 / 04.02.2022