Kerchdagi voqea bo‘yicha Rossiyaga qarshi jazo choralari kengaytirilishi ma'lum qilindi
AQSh va Yevroittifoq Rossiya o‘tgan yilning noyabrida hibsga olgan ukrainalik dengizchilarni qo‘yib yuborishni rad etgani uchun javob choralarini muhokama qilmoqda. Bu haqda AQSh davlat departamentining Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Kurt Volker ma'lum qildi. Volker Moskvadan ukrainalik dengizchilarni qo‘yib yuborishni va Kerch bo‘g‘ozini bir tomonlama nazorat qilish da'vosidan voz kechishni talab qilgan.
Fevralda AQSh Krim uchun Rossiyaga qarshi sanksiyalar paketini kengaytirish masalasini ko‘rib chiqadi, degan Volker. Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, YeI fevralda tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida Moskvaga qarshi qo‘shimcha jazo choralari mavzusini ko‘taradi.
Volker shuningdek sanksiyalar bilan birga AQSh va boshqa davlatlar ham Qora dengizga o‘z harbiy kemalarini yuborish maqsadida ekanligini ma'lum qilgan.
Dekabrda Qora dengiz akvatoriyasiga Britaniya flotining razvedkachi kemasi kirgandi. Tez orada Amerika tomoni ham shunday qadamni amalga oshiradi, degan Volker.
Mavzuga oid
21:21 / 14.11.2024
AQSh dollarining mustahkamlanishi global muammoga aylanadi - The Economist
16:56 / 14.11.2024
AQSh saylovlarida respublikachilar Kongressda ham ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritdi
15:46 / 14.11.2024
“Abadiy ximikatlar” yoshlarda buyrak shikastlanishiga olib kelishi mumkin - tadqiqot
15:42 / 14.11.2024