Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
UFC prezidenti Nurmagomedovning diskvalifikatsiyasini o‘ta qattiqqo‘l deb atadi
UFC prezidenti Dana Uayt Nevada shtati atletik komissiyasining rossiyalik aralash yakkakurash jangchisi Xabib Nurmagomedovning 9 oyga musobaqalardan chetlatilishi qaroriga izoh berdi.
Nurmagomedov komissiya qaroriga ko‘ra Konor Makgregorga qarshi jangdan keyin yuzaga kelgan mojaro uchun 9 oyga chetlatildi va 500 ming dollarlik jarimaga tortildi.
“Meni Xabibning diskvalifikatsiyasi muddati ajablantirdi. Yarim million dollarlik jarima va u ijtimoiy ishlarga rozi bo‘lsa, 6 oylik chetlatish, fikrimcha, o‘ta qattiqqo‘ldir. Biroq bizda nima bo‘lsa, shunga egamiz”, deb aytgan Uayt.
Uayt, shuningdek, sportchilarning yonini olgan.
“Bu kurash. Qanday boqma, biroq bu kurash. Ba'zida jangchilar bir-birini yoqtirmaydigan vaziyatlar uchraydi. Xuddi shu vaziyat bu gal ham bo‘lgan. Biz qiladigan barcha narsa bu kurashdir. Jangchilar bir-birlariga jirkanch so‘zlar aytishga ko‘nikib ketishgan, bundan qochib bo‘lmaydi”, deb qo‘shimcha qilgan UFC prezidenti.
Nurmagomedov 2018 yil 6 oktyabrda o‘tgan jangdan keyin oktagondan sakrab o‘tib, raqibining sparring-sherigi Dilon Denis bilan urishib ketgan va murabbiylar hamda boshqa sportchilar o‘rtasida mushtlashuv kelib chiqishiga sababchi bo‘lgan.
Mojaroning yana bir ishtirokchisi bo‘lgan Makgergorga 6 oylik diskvalifikatsiya va 50 ming dollarlik jarima tayinlangan.
Mavzuga oid
08:00 / 26.11.2019
Xabib Nurmagomedov keyingi jangini Toni Fergyusonga qarshi o‘tkazadi
00:44 / 18.09.2019
Xabib Nurmagomedov faoliyatini yakunlagach kim bo‘lmoqchiligini aytdi
21:36 / 15.09.2019
Nurmagomedov Porega bergan va'dasi ustidan chiqdi
21:40 / 10.09.2019