Jamiyat | 18:30 / 01.02.2019
42413
2 daqiqa o‘qiladi

Odilxon qori Toshkentdagi masjidlardan biriga imom bo‘ldi

«Shayx Zayniddin» (Ko‘kcha) jome masjidining sobiq imom-xatibi Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li yana imomlik lavozimiga qaytarildi.

Kun.uz manbasi xabar berishicha, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimovning buyrug‘i bilan Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, «Xo‘ja Alambardor» masjidiga (xalq tilida Kamolon masjidi) imom-xatib etib tayinlandi. 

Odilxon qori 2018 yilning oktyabridan buyon O‘zbekiston Musulmonlari idorasi huzuridagi «Vaqf» xayriya jamoat fondining Diniy-ma'rifiy targ‘ibot bo‘limiga rahbar sifatida faoliyat yuritayotgan edi.

Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li o‘z faoliyatini 1998–1999 yillarda Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi «Hazrati Umar» jome' masjidida imom–xatib vazifasidan boshlagan. 1999–2000 yillarda Shayxontohur tumanidagi «Shayx Zayniddin» jome' masjidida imom noibi vazifasida ishlagan. 2010 yildan Toshkent shahar bosh imom–xatibi o‘rinbosari, 2011 yildan 2018 yilning yozigacha Shayxontohur tumani bosh imom xatibi va «Shayx Zayniddin» jome' masjidi imom–xatibi bo‘lib ishlagandi

Odilxon qori Yunusxon o‘g‘lining «Ozodalik imonning go‘zal bahosi», «Masjid odoblari», «Ro‘za tutish odoblari», «Haj manosiklari», «Isrofdan saqlanaylik», «Mehr - oqibat jannat garovidir» nomli risolalari chop etilgan. Uning eng mashhur kitoblari «Kibrdan saqlanaylik», «Jannat kaliti», «Qo‘shnichilik haqlari va odoblari» hisoblanadi.

«Xo‘ja Alambardor» masjidi

Mavzuga oid