Jahon | 23:15 / 02.02.2019
8754
1 daqiqa o‘qiladi

Guaydo venesuelaliklarni norozilik namoyishlariga chiqishga chaqirdi

Foto: REUTERS / Carlos Garcia Rawlins

Venesuela muxolifati yangi norozilik namoyishlari o‘tkazilishini e'lon qiladi, dedi milliy assambleya rahbari Xuan Guaydo.

"Yaqin kunlarda gumanitar yordam izlash yo‘lida bizni butun Venesuela xalqi qo‘llab-quvvatlashini so‘raymiz", - dedi Guaydo.

"Kelinglar, yana qasamyod qilamiz. O‘ng qo‘limizni ko‘tarib, Venesuelaga sodiq venesuelaliklar uzurpatsiyaga chek qo‘yilmagunigacha, o‘tish hukumati tuzilmagunicha va erkin saylovlarga qadar ko‘chalarda qolishga qasamyod qilamiz", - dedi Guaydo.

U navbatdagi norozilik namoyishlari 12 fevralda o‘tkazilishini ma'lum qildi.

Ikkinchi fevral kuni mamlakat bo‘ylab prezident Nikolas Maduro tarafdorlari va muxolifat mitinglar o‘tkazdi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid