Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sardor Ozmun faoliyatini «Zenit»da davom ettiradi
«Rubin» hujumchisi Sardor Ozmun faoliyatini «Zenit»da davom ettiradi. Transfer haqida har ikkala klub ham rasman ma'lumot berishgan.
Eron terma jamoasi yetakchisining piterliklar bilan shartnomasi 3,5 yilga mo‘ljallangan. Avvalroq transfer qiymati 10-15 mln yevro atrofida bo‘lishi taxmin qilinayotgan edi. 24 yoshli hujumchi yangi jamoasida 7-raqam ostida o‘ynaydi; u bunga qadar Eron termasi va «Rubin»da 20-raqamda o‘ynab kelgan.
Ozmun 15 yoshida «Sepahon» a'zosiga aylangan, 17 yoshida – 2012 yili «Rubin»ga kelib qo‘shilgan edi. Qozon klubi uni 2015 yilda «Rostov»ga ijaraga bergan, Sardor bu klub tarkibida Rossiya chempionatining bronza medaliga sazovor bo‘lgan. O‘tgan mavsumda Ozmun «Rubin» ixtiyoriga qaytib keldi.
Ozmun professional faoliyatini faqat Rossiya chempionatida o‘tkazib kelmoqda. U RPLdagi 5,5 mavsumida hujumchi 154ta o‘yin o‘tkazib, 42ta gol muallifi bo‘ldi. Shuningdek, u Eron termasi libosida 46ta uchrashuvda qatnashgan va 28ta gol urgan.
Qo‘shimcha qilish joiz, «Zenit» kecha «Boka Xuniors»dan Vilmar Barrios transferi haqida ham e'lon qilgandi.
Mavzuga oid
14:48 / 12.02.2021
O‘rtoqlik uchrashuvi. O‘zbekiston milliy jamoasi «Zenit»ga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi
14:06 / 24.01.2021
O‘rtoqlik o‘yini. «Paxtakor» «Zenit»ga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi
00:53 / 06.07.2020
«Zenit» mehmonda «Krasnodar»ni yengib, Rossiya chempioni bo‘ldi. Ozmunda dubl
01:16 / 22.01.2020