Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliyada to‘g‘on o‘pirilishi oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 121 kishiga yetdi
Braziliyaning Minas-Jyerays shtatida Vale kompaniyasining to‘g‘oni o‘pirilishi oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 121 kishiga yetdi, 226 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Bu haqda mahalliy hukumatga tayanib Globo nashri xabar berdi.
Avvalroq 115 kishi halok bo‘lgani, 248 kishi bedarak yo‘qolgani xabar qilingandi.
Qayd etilishicha, ayni paytga qadar 94 nafar fojia qurbonlarining shaxsi aniqlangan.
25 yanvar kuni Brumadinyu munitsipaliteti hududida to‘g‘on o‘pirilishi natijasida ma'muriy binolar va aholi uylari balchiq ostida qolgandi. Qutqaruv ishlari bir necha hafta davom etishi mumkinligi aytilmoqda.
Mavzuga oid
14:45 / 22.05.2025
NYT: Rossiya Braziliyadan «josuslar fabrikasi» sifatida foydalangan
20:37 / 12.05.2025
Karlo Anchelotti Braziliya milliy jamoasiga bosh murabbiy bo‘ldi
10:40 / 05.05.2025
Braziliya politsiyasi Ledi Gaga konsertidagi teraktning oldini oldi
19:37 / 01.05.2025