Jahon | 01:05 / 04.02.2019
13810
1 daqiqa o‘qiladi

Maduro Venesuelada fuqarolik urushi yuz berishi mumkinligidan ogohlantirdi

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Venesuelada siyosiy inqiroz tufayli fuqarolik urushi boshlanishi mumkinligini aytdi.

“Barchasi shimoliy imperiya va uning g‘arbiy ittifoqdoshlarining tajovuzi va aqldan ozganligi darajasiga bog‘liq bo‘ladi”, deb aytgan Maduro Ispaniyaning La Sexta telekanaliga bergan intervyuda.

Maduroning aytishicha, rasmiy Karakas mamlakat ichki ishlariga hech kim aralashmasligini istamoqda. 

“Biz davlatimizni himoya qilishga tayyormiz va “Venesuelani berib qo‘ymaymiz”, deb qo‘shimcha qilgan Maduro. 

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp AQShning Venesueladagi vaziyatga harbiy aralashuvi mumkinligini aytgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid