Toshkentda atom energetikasi bo‘yicha seminar boshlandi
2019 yilning 4 fevral kuni Atom energetikasi bo‘yicha xalqaro agentligi – AEXA (MAGATE) Toshkentda o‘zbekistonlik mutaxassislar, “O‘zatom” agentligi va “Rosatom” davlat korporatsiyasi vakillari ishtirokida atom elektr stansiyasi uchun maydon tanlashda xavfsizlik va boshqa muhim jihatlar bo‘yicha seminar o‘tkazishni boshladi.
Seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad “O‘zatom” agentligi va boshqa aloqador agentliklar mutaxassislari uchun AEXA xavfsizlik tartib va talablari bo‘yicha maslahat, yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatishdan iborat.
Unda ishtirokchilarga mahalliy mutaxassislar hozirgi paytda mamlakatimizda AES uchun maydon tanlash ishlarining holati bo‘yicha ma'lumot beradi.
Seminar davomida AES uchun maydon tanlashda ekologik jihatlar, atom elektr stansiyasi uchun infratuzilmani rivojlantirishda AEXA talabining ahamiyati, AEXA xavfsizlik standartlariga muvofiq litsenziyalash jarayoni, ushbu tashkilotning atrof-muhitga ta'sirni baholash va atom-energetika muammolarini ishlab chiqish bo‘yicha yondashuviga oid masalalar atroflicha tahlil etiladi.
Shu bilan birga, tadbirda MAGATEning AES uchun maydon tanlash va uni baholash bilan bog‘liq bo‘lgan xavfsizlik normalari bo‘yicha qo‘shimcha hujjatlar ham taqdim qilinadi.
2018 yil 7 sentyabrda Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirlari yurtimizda Rossiya loyihasi asosida atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha hukumatlararo bitimni imzolagan. Loyihada VVER-1200 turdagi reaktorli 2 ta energobloklar qurilishi ko‘zda tutilgan. Prezidentning 2018 yil 13 oktyabrda qabul qilingan PQ-3969 sonli qaroriga muvofiq, imzolangan bitim kuchga kirdi. Mamlakatda AES birinchi energoblokini 2028 yilning oxirigacha ishga tushirish mo‘ljallangan.
Mavzuga oid
15:05 / 12.11.2024
Toshkent havosini ifloslantirishi mumkin bo‘lgan barcha obektlar nazoratga olindi - hokimlik
22:45 / 10.11.2024
Toshkentda «zakladchik»ni kaltaklagan uch nafar shaxs qo‘lga olindi
10:47 / 08.11.2024
Toshkentda ayrim ko‘chalar yopilishi haqidagi xabarlar rad etildi
16:17 / 07.11.2024