Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Yaponiyani birinchi qadamni qo‘yishga chaqirdi
Rossiya va Yaponiya o‘rtasida tinchlik bitimi bo‘yicha muzokaralarda birinchi qadamni Tokio qo‘yishi kerak, mamlakat Janubiy Kurillar ustidan Rossiya suverenitetini va Ikkinchi jahon urushi yakunlarini tan olishi lozim. Bu haqda Dushanbedagi ma'ruzada Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma'lum qildi, deya xabar beradi RIA Novosti.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatlar yetakchilari diplomatlarga muzokaralarni tezlashtirish bo‘yicha ko‘rsatma bergan. «Biz masala bu tarzda qo‘yilishiga anchadan beri tayyormiz. Afsuski, qo‘yilishi kerak bo‘lgan birinchi qadam biz tomondan emas, balki Tokio tomonidan amalga oshirilishi lozim. Bu birinchi qadam bilan Ikkinchi jahon urushi yakunlari, shu jumladan, Rossiya Federatsiyasining hamma narsa, xususan, bu orollar ustidan suvereniteti to‘liq, mutlaqo tan olinishi darkor», - dedi Lavrov.
27 yanvar kuni Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kuril orollari bo‘yicha muzokaralarga Yaponiya G‘arbning Rossiyaga qarshi joriy etgan sanksiyalarini qo‘llab-quvvatlashi to‘siq bo‘layotganini ma'lum qilgandi. Shuningdek, u Rossiya prezidenti Vladimir Putin yapon tomoniga qo‘shimcha shartlarsiz tinchlik bitimini taklif etgani, biroq bu taklif tushunilmaganini aytib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAV AQSh raketalari uchun ideal joyni ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi
09:05 / 21.05.2025