O‘zbekiston | 00:19 / 05.02.2019
16250
2 daqiqa o‘qiladi

Yangi agentlik direktori maqomi Prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosariga tenglashtirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori imzolandi.

Prezident qaroriga ko‘ra, yangi tashkil etilgan Agentlikka doir quyidagi vazifalar belgilanmoqda:

  • Agentlik O‘zbekiston Respublikasining axborot sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi hamda ommaviy axborot vositalari, matbuot, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi;Agentlikka O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimiga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi;
  • Agentlik direktori O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan uch nafar o‘rinbosarlar, shu jumladan, bir nafar birinchi o‘rinbosarga ega bo‘ladi;
  • Agentlik direktori maqomi, mehnatga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish sharoitlariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosariga, uning o‘rinbosarlari esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosarlariga tenglashtiriladi;
  • Agentlikning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari axborot sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi barcha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilot va idoralar, xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.

Mavzuga oid