Toshkent viloyatidagi qamoqdan qochganlar Toshkentda bosqinchilik qildi
Toshkent shahrida yashovchi o‘rta yoshli fuqarolarning mol-mulkiga niqobli shaxslar hujum qildi. Ular jabrlanuvchilarning yashash uyiga tomdan oshish yo‘li orqali kirib, ularga nisbatan zo‘rlik ishlatib, oyoq, qo‘l va og‘zini skotch bilan bog‘laydi. Jabrlanuvchilarni shu taxlitda qoldirib, voqea joyidan qochishga ulgurishadi.
«Zamon» dasturida berilgan lavhada aytilishicha, oradan ko‘p o‘tmay, jinoyatchilar qo‘lga olingan. Ushbu jinoyatni Olmaliq shahridagi jazoni ijro etish muassasasidan qochib chiqqan mahbuslar sodir etganlikda ayblanib sudlandi.
Muqaddam qasddan odam o‘ldirish, shuningdek, bosqinchilik, bezorilik jinoyatini sodir etgan shaxslar jazoni ijro etish muassasasida jazo o‘tab yurib, muddatining o‘tashiga 1 yilgacha muhlat qolgan davrda qo‘riqlash joyidan qochib chiqib yana bosqinchilik jinoyatini sodir etishgan.
Bu shaxslar jabrlanuvchilarning qo‘l-oyoq, og‘izlarini skotch bilan bog‘lab, o‘ldirish bilan qo‘rqitib 81 mln so‘mdan ortiqroq bo‘lgan miqdordagi moddiy qimmatliklarni bosqinchilik yo‘li bilan egallab olib yashirinishgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tumani sudi hukmi bilan ular o‘ta xavfli retsidevistlar deb topildi. Ularga 15 yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi va jazoni maxsus tartibli koloniyalarda o‘tashi belgilandi.
Mavzuga oid
18:38 / 13.11.2024
“Sharoitidan ham, o‘qituvchilaridan ham qo‘rqib ketdim” - Toshkentdagi o‘quv markazidan odamlar norozi
15:05 / 12.11.2024
Toshkent havosini ifloslantirishi mumkin bo‘lgan barcha obektlar nazoratga olindi - hokimlik
22:45 / 10.11.2024
Toshkentda «zakladchik»ni kaltaklagan uch nafar shaxs qo‘lga olindi
17:26 / 08.11.2024