Jahon | 09:20 / 07.02.2019
11593
2 daqiqa o‘qiladi

Sooronbay Jeenbekov Qirg‘izistonda rus tili rasmiy til bo‘lib qolishini aytdi

Foto: 24.kg

Qirg‘izistonda rus tili maqomi o‘zgarishsiz qoladi. Bu haqda Bishkekdagi oliy ta'lim muassasalari va kasb-hunar bilim yurtlari rahbarlari bilan uchrashuvda mamlakat prezidenti Sooronbay Jeenbekov aytib o‘tdi.

Jeenbekovning aytishicha, Qirg‘izistonga ko‘p tilli ta'lim zarur. “Bu konstitutsiyamizda mustahkamlab qo‘yilgan tamoyildir. Fuqarolarimiz davlat, rasmiy tillarni va dunyo tillaridan yana bittasini bilishi kerak. Barcha fuqarolar tomonidan davlat tilining o‘zlashtirilishini davlat darajasidagi masala deb hisoblaymiz”, deb aytgan Qirg‘iziston prezidenti.

“Qirg‘izistonda rus tili rasmiy til hisoblanadi. Uning maqomi o‘zgarishsiz qoladi. Bu birinchi navbatda bizning o‘zimizga kerak”, deb qo‘shimcha qilgan Sooronbay Jeenbekov.

Prezidentning ta'kidlashicha, davlatning kelajagi haqida qayg‘uruvchi, bolalarga sifatli ta'lim beruvchi, munosib fuqarolarni tarbiyalovchi ta'lim muassasasi avvalambor korrupsiyadan forig‘ bo‘lishi lozim.

Mavzuga oid