Jamiyat | 09:20 / 08.02.2019
14375
1 daqiqa o‘qiladi

Bosh prokuratura: plastik kartadan pul yechib olgan «valutafurush» qo‘lga tushdi

Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent kichik halqa yo‘lida tezkor tadbir o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Unda fuqaro S.S. fuqaro S.X.ga jami 10 000 AQSh dollarini, har bir AQSh dollarini 8 500 so‘mdan hisoblab sotishga kelishib, evaziga uning plastik kartasidan 100 mln. so‘m mablag‘ni yechib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan S.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 177-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid