Jahon | 13:41 / 08.02.2019
24807
2 daqiqa o‘qiladi

Maduroga Rossiyadagi do‘stlari yoniga jo‘nab ketish taklif qilindi

Foto: RIA Novosti / Stringer

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro mamlakatni tark etishi va hokimiyatni vaqtinchalik hukumatga topshirishi kerak. Bu haqda AQShning Venesuela bo‘yicha maxsus vakili Elliot Abrams ma'lum qildi, deya xabar beradi The Washington Post.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington Maduroga aniq bir davlatga borishni tavsiya qilmayapti. Shu bilan birga, Abramsning eslatishicha, venesuelalikning Kuba va Rossiyada «do‘stlari» bor. Shuningdek, maxsus vakilning jurnalistlarga xabar berishicha, prezidentni lavozimidan ketishga rozi bo‘lgan taqdirda qabul qilishga tayyor bo‘lgan boshqa davlatlar ham bor.

Bundan tashqari, Abramsning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Konstitutsion assambleya - Maduro tomonidan tashkil etilgan va uni qo‘llab-quvvatlovchi qonunchilik organining qator a'zolaridan vizalarni qaytib oldi. Ularning ismi oshkor etilmayapti.

Elliot Abrams AQSh Venesuela muxolifatining yetakchisi va parlament spikeri Xuan Guaydoni respublika muvaqqat prezidenti sifatida tan olganidan so‘ng maxsus vakilga aylandi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pompeo Venesuelaga Rossiya va Kubadan mustaqil bo‘lishni tilagandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid