Jahon | 18:09 / 10.02.2019
7840
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh elchisi «ruslar sababli» Germaniyadan harbiy xarajatlarni oshirishni so‘radi

Germaniya Rossiya tahdidi sababli mudofaa xarajatlarini oshirishi lozim, dedi AQShning ushbu davlatdagi elchisi Richard Grenell Welt am Sonntag nashriga bergan intervyusida.

«NATO 2024 yilga kelib xarajatlarni YaIMning 2%igacha oshirishni so‘ramoqda. AQSh o‘zining buyuk ittifoqchisi Germaniyaga hozir NATOni bo‘shashtirish vaqti emasligini eslatmoqda. Ruslar ostonada turganida NATO kuchayishga muhtoj ekanligini hamma anglashi lozim», — dedi Grennel.

Yanvar o‘rtalarida Germaniya TIV Grenellning nemis kompaniyalariga tahdid qilib jo‘natgan maktubini tanqid qilgandi. Grenellning o‘zi esa faqat Amerika hukumatining bayonotini takrorlaganini bildirgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid