Jahon | 23:34 / 10.02.2019
27113
1 daqiqa o‘qiladi

Coca-Cola 10 yil ichida ilk bor yangi ichimlik chiqardi

Coca-Cola kompaniyasi 10 yil ichida ilk bor yangi ichimlik chiqardi. Bu haqda usa.one nashri ma'lum qildi.  

25 fevralda sotuvga kompaniyaning Orange Vanilla deb nomlangan ushbu ichimligi sotuvga chiqadi. Yangi ichimlik apelsin va vanil ta'mli bo‘ladi.  

Kompaniyaning brend-direktori Keyt Karpenterning aytishicha, antiqa aralashma mevali-apelsinli muzqaymoqni eslatadi. “Biz betashvish yozgi kunlar haqidagi ijobiy xotiralarni qaytarishga qaror qildik”, deb aytgan Karpenter.

Ma'lum qilinishicha, kompaniya boshqa ta'mlarni, jumladan, malinali, limonli ta'mlarni sinab ko‘rgan, biroq degustatorlarga aynan vanil va apelsin aralashmasi yoqqan. 

Hozirda kompaniya Coca-Cola, Diet Coke, Fanta, Schweppes va Sprite nomli salqin ichimliklar ishlab chiqaradi.

Mavzuga oid