Jahon | 20:00 / 14.02.2019
16175
2 daqiqa o‘qiladi

Venesuela muxolifati Maduroni bir kunda to‘ntarib tashlamoqchi bo‘lgan – WSJ

Foto: bbc.com

Venesuela muxolifati AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlov olgandan keyin mamlakat prezidenti Nikolas Maduroni shiddat bilan to‘ntarib tashlashni rejalashtirgan. Bu haqda amerikalik sobiq amaldorga iqtibos keltirgan holda Wall Street Journal nashri xabar berdi

Nashr suhbatdoshining ta'kidlashicha, “karakaslik odamlar” to‘ntaruv rejasini Vashingtonga pullashgan va muxolifatchi Xuan Guaydo tashqaridan qo‘llab-quvvatlov olib, harakatni boshlagandan keyin harbiylar u tomonga o‘tishlariga va'da berishgan.

“Ular bu 24 soatlik operatsiya bo‘ladi, deb o‘ylashgan”, deb qo‘shimcha qilgan manba.

Avvalroq nashr Guaydo o‘zini vaqtinchalik prezident deb e'lon qilishdan oldingi tunda telefon orqali AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens bilan gaplashganini ma'lum qilgan. Pens Guaydoga Maduro bilan kurashda ko‘mak ko‘rsatishga va'da bergan. “Tungi qo‘ng‘iroq rejaga start bergan”, deb ta'kidlab o‘tdi nashr.

Guaydo 23 yanvarda o‘zini vaqtinchalik prezident deb e'lon qilgandi. O‘shandan beri mamlakatda siyosiy inqiroz davom etmoqda.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid