Jahon | 16:37 / 14.02.2019
18289
1 daqiqa o‘qiladi

Voronejda universitet professori o‘zbekistonlik migrantlardan pul olib kelgan

Foto: IZVeSTIYa/Vladimir Suvorov

Voronej davlat texnika universitetining rus tili va madaniyatlararo aloqalar kafedrasi mudiri Lyudmila Kovalyova O‘zbekistondan kelgan mehnat migrantlaridan pul olib kelgan. 14 fevral kuni universitet gap migrantlar haqida ketayotganini xabar qildi. Professor olti kishidan 12 ming rubldan (180 dollar) pul olgan, deya xabar beradi RIA Voronej.

Voronej davlat texnika universitetida ro‘y bergan voqeadan keyin ichki tekshiruv o‘tkazilmoqda. Bu bilan korrupsiyaga qarshi kurash komissiyasi shug‘ullanadi.

Pulni olish bilan bog‘liq voqea 2018 yil noyabrida sodir bo‘lgan. Kafedra mudiri pullar evaziga migrantlarni imtihonning og‘zaki qismiga tayyorlab, test topshiriqlariga to‘g‘ri javobni bergan. Shundan keyin Lyudmila Kovalyova migrantlar imtihon topshirgani haqidagi sertifikatlar taqdim etgan.

Rossiya Tergov qo‘mitasining hududiy boshqarmasi tergovchilari professorga nisbatan jinoiy ish ochdi. U 8 yilga ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Mavzuga oid