O‘zbekiston | 17:42 / 15.02.2019
39561
2 daqiqa o‘qiladi

DXM xodimlari uchun maxsus forma yaratildi

Foto: Davlat xizmatlari agentligi

15 fevraldan boshlab Davlat xizmatlari markazlari xodimlari tashrif buyuruvchilarni maxsus uniformada kutib olishadi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugungi kunda davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurgan har bir shaxs o‘zini qulay, ularning fikr-mulohazalarini hisobga olinayotganligini his etishlariga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Uniformani ishlab chiqishda mutaxassislar har bir xodimning individual imidji — tashkilot haqida umumiy baho beruvchi yagona korporativ elementi ekanligini asos qilib oldilar. 

Yangi forma xodimlarning qat'iyati va ishchanligiga urg‘u berib, qulay va ixcham. Uniforma komplektlari o‘z ichiga maxsus kashtaga ega pidjak va nimcha, shuningdek erkaklarda to‘plam bilan bitta rangdagi galstuk va shim, ayollarda uchburchak bo‘yin ro‘moli va yubkalarni qamrab oladi. Umuman olganda, Davlat xizmatlari markazlari xodimlari o‘z kasblariga munosib ko‘rinishda bo‘ladi.

«Eslatib o‘tamiz, avvallari biz Markazlar xodimlari uchun tasdiqlangan tamoyillar haqida aytib o‘tganmiz. Umid qilamizki, munosib tashqi ko‘rinish, shuningdek, davlat xizmatlari ko‘rsatishning mutlaqo yangi formati mavjud bo‘lgan byurokrat-amaldorlar stereotipini yo‘q qilib, xalqqa ochiq bo‘lgan davlat xizmatchilari yangi timsolini yaratishga yordam beradi», - deyiladi Davlat xizmatlari agentligi xabarida.

Mavzuga oid