Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlar ro‘yxati to‘ldiriladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritish haqida”gi hujjat loyihasi joylashtirildi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan 607-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimcha kiritilishi mumkin:
16-modda (Nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlar) quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldiriladi:
“nikoh shartnomasi tuzilmagan shaxslar o‘rtasida yo‘l qo‘yilmaydi.”.
30-moddaning (Nikoh shartnomasi tuzish) birinchi qismi (Nikoh shartnomasi nikoh davlat ro‘yxatiga olinguniga qadar ham, shuningdek nikoh davrida ham tuzilishi mumkin) quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“Nikoh shartnomasi nikoh davlat ro‘yxatiga olinguniga qadar tuzilishi lozim.”.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtiradi;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta'minlaydi;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta'minlaydi.
Mavzuga oid
11:13 / 27.05.2025
Qaysi hududda eng ko‘p nikoh qayd etilgani aytildi
23:08 / 10.04.2025
Xitoyda oila qurish qoidalari soddalashtirildi
17:59 / 09.04.2025
Oilaviy zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxs talabiga ko‘ra nikohdan ajrashayotganda muhlat tayinlanmaydi
19:03 / 22.11.2024