Psixotrop dori vositalari joylangan jo‘natmalar to‘xtatib qolindi
Xalqaro pochta Konvensiyasiga asosan, pochta jo‘natmalari orqali psixotrop va narkotik vositalarning yuborilishi qat'iyan taqiqlangan. O‘zbekiston Respublikasi “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi Qonunining 17-moddasida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni pochta jo‘natmalarida, shu jumladan xalqaro pochta jo‘natmalarida jo‘natish taqiqlanishi ko‘rsatib o‘tilgan.
Shunga qaramay, so‘nggi paytlarda tarkibida narkotik va psixotrop moddalari mavjud bo‘lgan dori vositalarini pochta jo‘natmalari orasida jo‘natish holatlari ham uchrab turibdi.
Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Bosh pochtampt” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari shu turdagi qoidabuzarliklarni fosh qilishdi.
Jumladan, fuqarolar Yu.I., A.A., B.A. nomiga xorijdan yuborilgan pochta jo‘natmalari bojxona nazoratidan o‘tkazilganda “CN22” shaklidagi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan salkam 300 dona “Fenazepam”, “Lorazepam” hamda “Oksazepam” psixotrop tabletkalari borligi aniqlandi.
Shuningdek, mazkur post xodimlari tomonidan fuqarolar O.K., B.N.,O.F. nomiga kelgan pochta jo‘natmalari orasidan esa 204 dona “Tramadol”, “Andipal”, “Rokatset plyus” kabi psixotrop tabletkalari borligi ma'lum bo‘ldi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
12:30 / 10.10.2024
Dorilarning postmarketing nazorati o‘tkaziladi
14:00 / 04.10.2024
To‘rt hududda kuchli dori vositalari savdosi fosh etildi
13:30 / 17.09.2024
Urganchda 2,9 mlrd so‘mlik noqonuniy dori vositalari aniqlandi
09:00 / 09.09.2024