Sport | 08:40 / 17.02.2019
18100
1 daqiqa o‘qiladi

Eronda hakam sababli futbol uchrashuvi ko‘rsatilmadi

Foto: Instagram

Eronda Germaniya chempionatining 22-turidan o‘rin olgan “Bavariya”-“Augsburg” uchrashuvi davlat telekanali orqali namoyish qilinishi rejalashtirilgandi.

Biroq uchrashuv namoyishi bekor qilingan. Nemis jurnalisti Natali Amirining ma'lum qilishicha, bunga uchrashuvni ayol hakam – 39 yoshli Bibiana Shtaynxaus boshqargani sabab bo‘lgan. Ayol hakamning maydonda shortikda harakatlanishi Eron federal kanali orqali namoyish qilish uchun nomaqbul deb topilgan. 

Shtaynxaus 2017 yil sentyabrda “Herta” va “Verder” o‘rtasidagi uchrashuvda hakamlik qilib, Bundesliga tarixidagi ilk ayol hakamga aylangandi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid