Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Venesuela harbiylarini ogohlantirdi
AQSh prezidenti Donald Trampning ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar Venesuelada hokimiyat tinch yo‘l bilan o‘zgarishi tarafdori, lekin «barcha variantlar» ham istisno etilmaydi. Uning chiqishi CNN telekanali tomonidan translatsiya qilindi.
Ta'kidlanishicha, davlat rahbari Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni qo‘llab-quvvatlayotgan barcha amaldorlar va harbiy xizmatchilarga murojaat bilan chiqqan.
«Sizlar Guaydoning amnistiya to‘g‘risidagi saxiy taklifini qabul qilib, o‘z oilangiz bilan tinch yashashingiz mumkin», - dedi Tramp.
Uning qo‘shimcha qilishicha, agar ular bundan keyin Maduroni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirsa, «oson yechim» va «xavfsiz boshpana» haqida o‘ylamasliklari ham mumkin, sababi ular «hamma narsani yo‘qotadi».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh venesuelalik generallar muxolifat bilan maxfiy muzokaralar olib borayotgani haqida bayonot bergandi.
Mavzuga oid
17:35 / 21.04.2025
Salvador prezidenti venesuelalik noqonuniy migrantlarni «siyosiy mahbuslar»ga almashmoqchi
15:39 / 20.04.2025
AQSh Oliy sudi venesuelalik migrantlar deportatsiyasini to‘xtatib qo‘ydi
11:02 / 28.03.2025
Venesuela prezidenti AQSh davlat kotibini «ahmoq» deb atadi
22:09 / 26.03.2025