Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda bosqinchilar qo‘lga olindi
2019 yil 17 fevral kuni Samarqand viloyatining Past Darg‘om tumanida yashovchi A.Q. soat 00:30larda boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtomashinasi bilan O‘tarchi mahallasi hududida ketayotgan vaqtida 5 nafar noma'lum shaxs uni to‘xtatib, tanasining turli joylariga urib-tepib jarohat yetkazgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, so‘ng bosqinchilar uni ovloq joyga olib borib, avtomashina salonidan 5 000 AQSh dollari va sariq metalldan yasalgan uzugini olib voqea joyidan yashiringanlar.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Past Darg‘om tumani O‘tarchi mahallasida yashovchilar I.U., Z.N. J.X., A.J. va S.S. sodir etganliklari aniqlanib, qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi
12:02 / 11.05.2025