Jahon | 14:29 / 20.02.2019
9386
2 daqiqa o‘qiladi

Skripalning onasi o‘g‘lini bedarak yo‘qolgan deb tan olishni talab qildi

Foto: TASS

GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripalning onasi Yelena Moskva politsiyasiga 2018 yil mart oyida Solsberida zaharlangan o‘z qarindoshlarini bedarak yo‘qolgan deb tan olishni so‘rab ariza bilan murojaat qildi.

Ariza otasi bilan birga zaharlangan Yuliya Skripalning yashash manzili bo‘yicha berilgan, deb xabar qildi RIA Novosti’ga razvedkachining qarindoshi Viktoriya. Agar Skripallar bedarak yo‘qolgan deb topilsa, unda onasi kvartira, mashina va itga egalik qilishni boshlaydi, deya qo‘shimcha qilib o‘tdi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Viktoriya Skripal sobiq harbiy olamdan ko‘z yumib bo‘lgani haqida bayonot bergandi.

Viktoriya Skripal fikricha, Britaniya OAVda Sergey Skripalning sog‘lig‘i yomonlashgani haqida paydo bo‘la boshlagan yangiliklar shuni anglatadiki, London «ishni GRU sobiq polkovnigining o‘limi va dalillarni yo‘q qilishga qarab olib bormoqda».

Mavzuga oid