Sport | 22:30 / 22.02.2019
20919
2 daqiqa o‘qiladi

Ronaldu va Zidanning «Real»dan ketishida Peres aybdor ekani aytildi

«Real» klubining sobiq prezidenti Ramon Kalderon madridliklarning hozirgi rahbari Florentino Peresni qattiq tanqid qildi.

Uning fikriga ko‘ra, Ronaldu va Zidanning klubdan ketishiga aynan Peresning qarorlari sabab bo‘lgan.

«Ronaldu Chempionlar Ligasidagi g‘alabadan so‘ng, maoshining oshirilishini so‘radi, ammo Peres uning iltimosini yerda qoldirdi. Bundan tashqari, Krishtianu «Real»ning Neymar uchun katta pul to‘lashga tayyorligini bilib qoldi va bundan g‘azabga keldi.

Peres unga 100 million yevro yozilgan chekni olib kelsa, qo‘yib yuborishini aytdi. Shunday bo‘lib ham chiqdi.

Krishtianu mening xaridim ekanini Florentino hazm qila olmadi. Uning yaxshi prezident ekanini inkor qilmayman, biroq, u qo‘lga kiritgan merosiga yaxshi munosabatda bo‘lmayapti. Bunday voqealar Kasilyas, Raul, Robben va Sneyder bilan ham yuz bergan», - dedi Kalderon.

«Solari murabbiy sifatida qo‘lidan kelgan ishni qilmoqda. «Real» tushib qolgan noxush vaziyatda uning aybi yo‘q. U qo‘lidagi bor narsa bilan natijaga erishishga urinmoqda. Santyago Zidandan keyin ishdan bo‘shatilgan yana bir murabbiydan qolgan jamoani qo‘lga olgan. U keyinchalik nima yuz berishini yaxshi bilgan.

Zidan Peresdan nimanidir iltimos qilgan, ammo rad javobini olgani aniq. Talablardan biri – Ronalduni tarkibda saqlab qolish bo‘lgan», – deb Kalderon so‘zlarini keltirmoqda Goal.

Mavzuga oid