O‘zbekiston | 15:18 / 23.02.2019
59185
2 daqiqa o‘qiladi

Sun'iy tuxumlar bo‘yicha rasmiy ogohlantirish berildi

Internetda sun'iy tuxum tayyorlash jarayoni, ishlab chiqarishning barcha bosqichlari batafsil ko‘rsatilgan videolavhalar paydo bo‘ldi. Shuningdek, O‘zbekiston hududida ham shu kabi sun'iy tuxum paydo bo‘lganini da'vo qilayotgan kishining aytishicha, tuxumlarni poytaxtdagi «O‘rikzor» bozorida sotilmoqda.

O‘zbekiston Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasining ma'lum qilishicha, «O‘rikzor» savdo kompleksida sotuvga chiqarilgan tuxumlar iste'molga yaroqli.

«22 fevral kuni «O‘rikzor» savdo kompleksi MChJga qarashli do‘konlarda monitoring, ya'ni parranda tuxumi bilan savdo qiluvchi tadbirkorlar bilan birma-bir suhbat o‘tkazilib, savdo yurituvchilarga sanitariya, xususan tibbiy daftarchalarga ega bo‘lish hamda mahsulotlarga beriladigan veterinariya ma'lumotlarini taqdim etish talablari qo‘yildi. Shuningdek, savdoda bo‘lgan tuxumlardan namunalar olinib, har bir sotuvchining o‘zi guvohligida qisqa muddatli ko‘rgazmali tekshiruv o‘tkazildi. Xulosalarga ko‘ra, tekshiruv davomida tuxum namunalari iste'molga yaroqli ekani aniqlandi», – deyiladi federatsiya xabarida.   

Foto: O‘zA

Ta'kidlanishicha, savdo kompleksi ma'muriyati VSEL, DSNEM, Toshkent shahar hokimligi «Munitsipal aktivlarni boshqarish markazi» DUK tomonidan o‘zaro axborot almashishga kelishib, nazorat kuchaytirildi.

Mavzuga oid