Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAA hukumati fuqarolarning 100 mln dollarlik qarzini kechib yubordi
BAAda fuqarolarning 100 mln dollarlik qarzi kechib yuboriladigan bo‘ldi. Bu haqda Gulfnews axborot agentligi xabar berdi.
BAA hukumati banklar bilan qarzlardan voz kechilishi bo‘yicha kelishib, 3 mingdan ko‘proq fuqarosiga yordam berishga qaror qildi.
Hukumat 13 ta bank bilan 361 mln dirhamlik (98 mln dollardan ko‘proq) qarzni kechib yuborishi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazgan. Ta'kidlanishicha, ushbu chora Amirliklarning barcha fuqarolari uchun munosib turmush tarzini ta'minlashga qaratilgan.
Banklar vakillari bu fikrga qo‘shilishgan, bundan tashqari u BAAda joriy yilda e'lon qilingan “sabr-toqatlik yili” yo‘nalishiga mos keladi.
Ma'lum qilinishicha, bu BAAda amalga oshirilgan bunday yagona holat emas. Jumladan, mamlakatda 2012 yilda “qarz amnistiyasi” e'lon qilingan va uning doirasida qarzi 270 ming dollardan oshmagan deyarli 7 ming kishining qarzi kechib yuborilgan. Kechib yuborilgan qarzlarning umumiy qiymati 540 mln dollarni tashkil qilgan.
Mavzuga oid
22:27 / 19.05.2025
Rossiya BAAga salkam 400 kg chuvalchang jo‘natdi
18:41 / 16.05.2025
Suriya Rossiyani Tartus portidan chiqarib yubordi va uni BAAga topshirdi
11:02 / 16.05.2025
Trampning BAAga tashrifi: 1,4 trillionlik va’da va AQSh tashqarisidagi eng yirik AI markazi
03:00 / 08.05.2025