Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada imperatorning taxtga o‘tirganining 30 yilligi nishonlanmoqda
Yaponiya imperatori Akixito 24 fevralda taxtga o‘tirganining 30 yilligini nishonlamoqda. Shu munosabat bilan Tokiodagi milliy teatrda davlat tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi.
“Biz bu marosimni xalq bilan ushbu muhim sanani nishonlash uchun o‘tkazmoqdamiz”, deb aytgan Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe kirish nutqida. Uning aytishicha, bu yillar davomida Akixito yapon xalqining birdamligi ramzi bo‘lib kelgan. Bosh vazir imperatorning mamlakatning tabiiy ofatlardan jabrlangan aholisini qo‘llab-quvvatlashdagi rolini alohida ta'kidlab o‘tgan.
Imperator Akixito taxtga otasi Xiroxito o‘limidan keyin 1989 yil 7 yanvarda o‘tirgan.
85 yoshli Akixito keksa yoshi va salomatligi sababli o‘z istagi bilan 30 aprelda taxtdan voz kechadi. Bu masalada bir marta amal qiluvchi qonun ham qabul qilingan, chunki amaldagi qonun imperatordan o‘z vazifalarini umri oxirigacha bajarishni talab qiladi. Biroq Akixito iltimosi bajo keltirilgan.
Akixito urushdan keyingi konstitutsiyaga ko‘ra taxtga o‘tirgan ilk yapon imperatori hisoblanadi. U taxtdan o‘z xohishiga ko‘ra voz kechgan mamlakat tarixidagi ilk monarx ham bo‘ladi.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi
09:05 / 21.05.2025