O‘zbekiston | 17:02 / 26.02.2019
27654
2 daqiqa o‘qiladi

Farg‘ona viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Foto: O‘zA

Fayzullajon Qosimov Farg‘ona viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi, deb xabar bermoqda O‘zA.

26 fevral kuni Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat, shahar va tuman kengashlarining qo‘shma sessiyasida viloyat hokimining bu boradagi qarori deputatlar tomonidan tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini bitiruvchisi Fayzullajon Qosimov Farg‘ona viloyati Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi boshlig‘i, viloyat fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha kengash raisining diniy-ma'rifiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Kam ta'minlangan oilalarga nafaqalar to‘lanishini monitoring qilish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari kabi vazifalarda ishlagan.​

Bundan avval, Xorazm viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha yangi o‘rinbosari lavozimga tayinlan​gani xabar qiingandi.

Yoshlar ittifoqi raisining Tashkiliy-kadrlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O‘tkirbek Shukurov esa faoliyatini Andijon viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida davom ettirishi ma'lum qilingan.

Mavzuga oid