Jahon | 15:10 / 26.02.2019
11152
2 daqiqa o‘qiladi

Yuliya Timoshenko Ukraina prezidenti impichmenti bo‘yicha jarayon boshlanganini e'lon qildi

Ukraina prezidentligiga nomzod, «Batkivshchina» partiyasi yetakchisi Yuliya Timoshenko Ukraina prezidenti impichmenti jarayonini boshlash niyatida. U jurnalistik tekshiruvlar natijalariga ko‘ra, mamlakatning bir necha mansabdor shaxslari armiya uchun xaridlar vaqtida noqonuniy firibgarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlangani munosabati bilan Ukraina prezidentiga ishonchsizlik bildirilishiga erishmoqchi.

«Intefaks-Ukraina» xabariga ko‘ra, gap «Bihus.Info» dasturi o‘tkazgan jurnalistik tekshiruv haqida ketmoqda.

«Biz boshqa fraksiyalar bilan birgalikda prezident impichmenti jarayonini boshlamoqchimiz», – degan Timoshenko  parlament yig‘ilishi vaqtida.

Siyosatchi davlat rahbari atrofidagi amaldorlarning harakatlarini qattiq qoralagan. U bunday hatti-harakatlar Ukraina Jinoyat Kodeksining 111-moddasi (davlatga xiyonat) bo‘yicha tasniflanishi ham mumkin.

Bundan avvalroq, Timoshenko prezidentlik saylovlaridan keyin parlamentga prezident impichmenti bo‘yicha qonun loyihasi kiritmoqchi ekani haqida xabar qilingandi.

Amaldagi Konstitutsiyaga ko‘ra tegishli qonun asosida prezident impichment tartibida iste'foga chiqarilishi mumkin. Ammo 1996 yildan buyon bunday qonun qabul qilinmagan.

Mavzuga oid