Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misrda kun davomida temir yo‘lda ikkinchi favqulodda vaziyat yuz berdi
Misr shimolidagi Al-Alamayn tumanida temir yo‘ldan o‘tish joyida kichik yuk mashinasi va poyezd to‘qnashishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi va 6 kishi jarohat oldi. Bu haqda “Al-Vatan” nashrining elektron versiyasi xabar berdi.
Voqea O‘rta yer dengizi bo‘ylab o‘tuvchi Iskandariya-Matrux yo‘nalishida yuz bergan.
Avvalroq 27 fevralda Kohiraning markaziy vokzali Ramzesda lokomotiv katta tezlikda platformaga urilgan. To‘qnashuv va undan keyin chiqqan yong‘in oqibatida 20 kishi halok bo‘lgan, 50 kishi jabrlangan. Jarohatlanganlarning ko‘pchiligi og‘ir ahvolda.
Voqeadan keyin Misr transport vaziri Hisham Arafot iste'foga chiqdi.
Mavzuga oid
14:56 / 22.05.2025
Moskva chet elliklarni urushga qanday jalb qilmoqda? Fuqaroligini yo‘qotgan misrlik yollanma askar hikoyasi
15:41 / 19.05.2025
O‘zbekiston-Misr neft-kimyo va energetika sohasida loyihalarni amalga oshiradi
19:47 / 13.05.2025
Misrda 5 nafar o‘zbekistonlik mamlakatda bo‘lish qoidalarini buzgani uchun ushlandi
02:18 / 10.05.2025