Fan-texnika | 01:04 / 28.02.2019
13100
2 daqiqa o‘qiladi

Volvo kompaniyasi Tesla Model 3 raqobatchisini taqdim qildi 

Foto: Polestar

Volvo kompaniyasiga tegishli Polestar kompaniyasi o‘zining ilk to‘laqonli elektr avtomobili Polestar 2’ni taqdim qildi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar berdi. 

Foto: Polestar
Foto: Polestar

Polestar 2 pol ostida joylashgan 78 kVt⋅soatlik akkumulyatori evaziga qayta quvvatlanishsiz 443 kmga yaqin yo‘l yura oladi.

Taqqoslash uchun, Tesla kompaniyasi Model 3’ning 3 ta varianti taklif qilmoqda: 34 ming dollarlik, bir quvvatlanishda 418 km yo‘l yura oluvchi hamda 41 ming dollarlik (500 km) va 52 ming dollarlik.

Foto: Polestar

Polestar 2 elektrokari 408 ot kuchiga ega kuch qurilmasi evaziga 100 km/soat tezlikka 5 soniyadan kamroq vaqt ichida erisha oladi.

Foto: Polestar

Volvo mashinani Xitoyda ishlab chiqaradi va 2020 yilda savdoga chiqaradi. Birinchi yil mashinaning 63 ming dollarlik Polestar 2 Launch versiyasi sotiladi. Uni Xitoy, AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya, Norvegiya va boshqa davlatlarda xarid qilish mumkin bo‘ladi.

Avtomobil Android platformasi bilan jihozlangan bo‘lib, uning egalari Google Maps, Play Music yoki Google Assistant dasturlariga smartfonsiz ulana olishadi.

Foto: Polestar
Foto: Polestar
Foto: Polestar

Mavzuga oid