Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Usama bin Lodinning o‘g‘li qayerda ekanini aniqladi
AQSh Davlat departamenti diplomatik xavfsizlik byurosi rahbari Maykl Evanoffning ma'lum qilishicha, «Al-Qoida» terrorchilik guruhi asoschisi Usama bin Lodinning o‘g‘li Hamza «Afg‘oniston - Pokiston chegarasi yaqinida» bo‘lishi mumkin. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
Shuningdek, Davlat departamenti taxminicha, Hamza bin Lodin Eronga tashrif buyurgan bo‘lishi ehtimoldan yiroq emas. Biroq, Evanoff qo‘shimcha qilishicha, bin Lodinning o‘g‘li Markaziy Osiyo janubidagi «istalgan» joyda bo‘lishi mumkin.
28 fevral, payshanba kuni AQSh hukumati «Adolat uchun mukofot» dasturi doirasida Hamza bin Lodin to‘g‘risidagi ma'lumot evaziga 1 million dollar mukofot haqida e'lon qildi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil avgust oyi boshlarida Usama bin Lodinning onasi birinchi marotaba intervyu bergandi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025